Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi

Photo 2025 06 09 14 07 56

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yil may oyi yakuniga ko‘ra 49,66 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Bu Markaziy bankning 2013-yildan buyon kuzatuvlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Aprel oyi bilan taqqoslaganda zahiralar 410,2 mln dollarga yoki 0,83 foizga oshdi. Zahiralar oshishi ketma-ket beshinchi oy davom etmoqda. Yil boshidan buyon o‘zish 8,48 milliard dollarni tashkil etdi (20,6 foizga oshdi).

Zahiralardagi oltin miqdori fizik hajmi biroz kamayib, 11,4 troya unsiya (353,85 tonna) ni tashkil etdi. Shunga qaramay, qimmatbaho metall narxi ko‘tarilishi sabab uning narxi 2,2 million dollarga oshib, 37,65 milliard dollarni tashkil etdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *