Surxondaryo viloyatida ko‘p qavatli turar joy binolarida 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, «M.D.» MChJ tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontog‘ mahallasida joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uy loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga ulanib foydalangani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 556 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.