Haftalik

Haftalik yangiliklar

Toshkent Markaziy Osiyodagi top-3 ta shahar qatoriga kirdi

Photo 2025 05 30 14 55 20

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shaharlar uchligiga kirdi. Oxford Economics nashri 2025-yil uchun Global shaharlar reytingini e’lon qildi.

Reytingda dunyodagi eng yirik 1 000 ta shahar 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholangan: iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv.

Markaziy Osiyo shaharlari ichida Olmaota birinchi o‘rinni egallagan. Ostona ikkinchi, Toshkent esa uchinchi o‘rinni olgan. Dunyo reytingida Toshkent 1 000 ta shahar orasida 471-o‘rinni egallagan. Inson kapitali (ta’lim, ishchi kuchi sifati, demografiya) bo‘yicha O‘zbekiston poytaxti 123-o‘rinni zabt etgan. Bu yaxshi ko‘rsatkich hisoblanib, xaritada yashil rang bilan belgilangan. Boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha reyting quyidagicha:

  • iqtisodiyot (YIM, ish o‘sishi, iqtisodiy xilma-xillik) bo‘yicha 558-o‘rin;
  • hayot sifati (uy-joy sharoitlari, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik) bo‘yicha 565-o‘rin;
  • boshqaruv (mahalliy hokimiyat samaradorligi, oshkoralik) bo‘yicha 840-o‘rin;
  • atrof-muhit (ekologik barqarorlik, chiqindilarni boshqarish) bo‘yicha 872-o‘rin. Bu juda past ko‘rsatkich hisoblanib, xaritada to‘q qizil rang bilan belgilangan.

Dunyoning 2025-yildagi top-10 ta shahri:

  1. Nyu York (AQSH) — dunyodagi eng yirik shahar iqtisodiyoti, xususan, moliya, texnologiya va ommaviy axborot vositalari tufayli ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallaydi.
  2. London (Buyuk Britaniya) — inson kapitalining yuqori darajasi, yetakchi universitetlari va xilma-xil ishchi kuchi bilan ajralib turadi.
  3. Parij (Fransiya) — kuchli xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan iqtisodiyot va boy madaniy meros.
  4. San Xose (AQSH) — Silikon vodiysidagi texnologik innovatsiyalar markazi.
  5. Sietl (AQSH) — kuchli iqtisodiyot va yuqori darajadagi inson kapitali.
  6. Melburn (Avstraliya) — yuqori hayot sifati va jonli madaniy muhitga ega.
  7. Sidney (Avstraliya) — ta’lim darajasi yuqori bo‘lgan moliyaviy markaz.
  8. Boston (AQSH) — universitetlari va innovatsion kompaniyalari bilan mashhur.
  9. Tokio (Yaponiya) — rivojlangan infratuzilmaga ega yirik megapolislardan biri.
  10. San Fransisko (AQSH) — texnologik startaplar va innovatsiyalar markazi hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *