- 2015/2016 o‘quv yili – 69 ta;
- 2016/2017 o‘quv yili – 70 ta;
- 2017/2018 o‘quv yili – 72 ta;
- 2018/2019 o‘quv yili – 98 ta;
- 2019/2020 o‘quv yili – 119 ta;
- 2020/2021 o‘quv yili – 127 ta;
- 2021/2022 o‘quv yili – 154 ta;
- 2022/2023 o‘quv yili – 191 ta;
- 2023/2024 o‘quv yili – 219 ta;
- 2024/2025 o‘quv yili – 222 ta.
O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

O‘zbekistonda 10 yil ichida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlari soni 153 taga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining (filiallarni ham hisobga olganda) umumiy soni 222 tani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3,2 barobarga ortgan. Oliy taʼlim tashkilotlari soni yillar kesimida quyidagicha: