Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Photo 2025 05 30 16 36 55

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shanba, 31-may kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 29-31 daraja bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *