Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

Photo 2025 05 30 12 20 31

O‘zbekistonda so‘nggi besh yillikda kiberjinoyatlar 68 baravar oshgan, deb xabar berdi IIV Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, birgina o‘tgan yilda bunday jinoyatlar 2023-yildagiga nisbatan 9,1 baravar ko‘paygan. Ushbu davrda kibermakondagi huquqbuzarliklar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar soni esa 34 baravar ortgan.

Mazkur jinoyatlar natijasida fuqarolarning 1 trillion 909 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i talon-toroj qilingan.

2019-yilda axborot texnologiyalari orqali 18 turdagi 863 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2024-yilda 62 turdagi 58 ming 800 ta jinoyat qayd etilgani hamda kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi sezilarli ravishda ortishi kuzatilgan.

2023-yilda kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi 6,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 44,4 foizga yetib, deyarli har ikkita jinoyatning biri axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan.

Vazirlikning bildirishicha, kiberjinoyatlarning asosiy qismini (98 foizi) bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar (kibero‘g‘rilik va kiberfiribgarlik) tashkil etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *