Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

Shu maqsadda 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.
Toshkent viloyatida 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bu nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalari quriladi va tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.
Mikro gidroelektr stansiyalar Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq, Qibray, Chinoz, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.