Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tartibi o‘zgarishi mumkin

Aum6rkl6do3c a5zxyp8umjskcv b6g5
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 27-maydagi majlisida ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Ushbu qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksiga ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash va uning davomiyligini soddalashtirishga doir o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ya’ni ish vaqtidan tashqari ishning bir kunda birinchi ikki soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, ikki soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi nazarda tutilmoqda. Amaldagi tartibda ikki baravar miqdorida haq to‘lanishi belgilangan. Ya’ni Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq, ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Jamoa shartnomasida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin. Majlisda so‘zga chiqqan Bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva qonun loyihasi tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilganini qayd etdi. Qonunchilikdagi cheklovlar xodimlarni ishga jalb qilishni cheklab qo‘ymoqda. Natijada ayrim korxonalar xodimlarni ishdan tashqari vaqtda norasmiy ravishda ishlatib kelayotgani aniqlanmoqda. 2024-yilda 627 ta bu kabi holatlar aniqlangan. Majlisda qayd etilishicha, loyihani ishlab chiqishda 68 ta mamlakatning ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish bo‘yicha tajribasi o‘rganilgan. Bu kabi cheklov MDH davlatlarining ayrimlarida, jumladan Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekistonda saqlanib qolmoqda. Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Niderlandiya hamda Belgiya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish uchun yillik cheklov yo‘q. Bundan tashqari, bu mamlakatlarda ish vaqtidan tashqari ish uchun ikki barobar miqdorida haq to‘lanmaydi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniya hamda Shvetsiya kabi davlatlarda bu 1,25−1,5 baravarni tashkil etadi. Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarida ham yillik cheklovlar nazarda tutilmagan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida ta’kidlashicha,  qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari ta’minlanishiga, tashkilotlarda ish unumdorligini oshirish va xodimlarning daromadlari ko‘payishiga xizmat qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *