1 iyuldan boshlab yangi narxlarda xizmat ko‘rsatiladi.
Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi ichimlik va oqova suv xizmatlarining yangi narxlarini tasdiqladi.
Qayd qilinishicha, 1 iyuldan boshlab «Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ, «Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti» AJ, «Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti» AJ quyidagi narxlarda xizmat ko‘rsatadi.
Ichimlik suvi (Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz):
a) aholi uchun –1 m3 – 2600 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun — 1m3 – 15000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun — 1m3 — 15000 so‘m;
Oqova suv xizmati (Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz):
a) aholi uchun – 1 m3 – 1300 so‘m;
b) budjet tashkilotlari uchun — 1m3 – 3000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun — 1m3 – 3000 so‘m.