Toshkentning Sergeli tumanida omborda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14-may kuni soat 11:03 da Nilufar ko‘chasidagi omborxonada yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Soat 11:05 da 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Yong‘in soat 12:15 da qurshab olingan va soat 13:31 da batamom o‘chirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Ayni paytda yong‘inni keltirib chiqargan sabablar hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.