Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

62d5ab59720f6 62d5ab59720f8 62d5ab59720f9 62d5ab59720fa

“O‘zgidromet” havo harorati ko‘tarilishi bo‘yicha tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 14—16-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15—16-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha ko‘tariladi.

14—15-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16—17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17-mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

“O‘zgidromet” haftalik ob-havo prognozida seshanbadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayishini ma’lum qilgandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *