Haftalik

Haftalik yangiliklar

Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

V8fiaoacng2c4mfy8vdvd2y9i5ugtpvs
Shuningdek, kambag‘al oilalarning «a’lo» baholarga o‘qiydigan farzandlarining oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. «Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 iyundan «qizil» toifaga kiritilgan oilalarning «a’lo» baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi. 2025 yil 1 sentabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi. 2026 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalarning «a’lo» baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *