Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

60d8e471ae502f88ab8a0d08ad4f7abf

O‘zbekiston hududiga 13-maydan boshlab issiq havo kirib kelishi kuchadi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 12—16-may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda 12—13-may kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

12-may, dushanba kuni kunduzi havo harorati 32-35 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Seshanbadan boshlab respublika hududiga issiq havo kirib kelishi kuchadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda va ish haftasining oxiriga kelib kunduz kunlari havo 37-40 darajagacha, ba’zi joylarda 41-42 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-may kuni kunduzi harorat 33-35 daraja, 13—14-mayda 35-38 daraja, 15—16-mayda 38-41 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat 19-21 darajadan 23-25 darajagacha ko‘tariladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *