Haftalik

Haftalik yangiliklar

O‘zbekistondan Moskvaga uchgan qator reyslar zaxira aeroportlariga yo‘naltirildi

R0y89y16607485374326 l

Uzbekistan Airways O‘zbekistondan Moskvaga uchgan 6 ta reys zaxira aeroportlariga yo‘naltirilganini e’lon qildi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha:

  • HY9619 — Namangan—Moskva (Vnukovo): Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY9671 — Toshkent—Nijniy Novgorod: Ufa shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY613 — Toshkent—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY9627 — Farg‘ona—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY601 — Toshkent—Moskva (Domodedovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida;
  • HY605 — Samarqand—Moskva (Vnukovo): Sankt-Peterburg shahridagi zaxira aeroportida.

Ushbu reyslar Moskva shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan zaxira aeroportlariga yo‘naltirilgan.

Centrum Air’ning Toshkent—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha MFX403 reysi avval Ufa, keyin esa Sankt Peterburgga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Aviakompaniya boshqa reyslar ham kechikishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *